Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

“JSST tunu kun ishlamoqda, ammo mablag‘ kechikmoqda”

“JSST tunu kun ishlamoqda, ammo mablag‘ kechikmoqda”

Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti (JSST) koronavirus paydo bo‘lganidan beri to‘xtamasdan ishlamoqda.

Tashkilot o‘ziga a’zo bo‘lgan 194 mamlakatni virus bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlar va unga qarshi qanday harakat qilish borasidagi maslahatlar bilan ta’minlab kelmoqda.

Bu haqda JSST rahbari Tedros Adhanom Gebreysus juma kuni aytib o‘tgan.

“JSST koronavirusga qarshi xalqaro kurashni muvofiqlashtirish uchun tun-u kun ishlamoqda.Tashkilotimiz mamlakatlarga COVID-19 ni yengish bo‘yicha maslahat bermoqda, davlatlarni virusga qarshi kurashda birlashishga chaqirmoqda, resurslarni shay holatga keltirmoqda va boshqa ishlarni amalga oshirmoqda. Hozirgacha JSST hisobiga koronavirus bilan kurashish dasturlari uchun deyarli 800 million dollar qabul qilindi. Bizga yana 900 million dollardan ortiqroq mablag‘ kerak bo‘ladi” dedi Gebreysus 22 may kuni bo‘lib o‘tgan virtual sessiyada.

Kiritildi: 07:00 23.05.2020. O'qildi: 1922 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!