Bugun 30 dekabr, 2024 yil, dushanba

КИР

JSST maymunchechakka qarshi global kurashni olti oy davomida 290 million dollarga baholamoqda

JSST maymunchechakka qarshi global kurashni olti oy davomida 290 million dollarga baholamoqda

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yil sentyabridan 2025 yil fevraligacha butun dunyo bo‘ylab maymunchechak (mpox) bilan kurashish uchun 290 million dollar kerak bo‘ladi.

JSST mpox uchun global strategik tayyorgarlik va javob rejasini yangiladi. Hujjat joriy yilning 26 avgustida e’lon qilingan va 135 million dollar miqdorida moliyalashtirishni nazarda tutgan.

Qayd etilishicha, 2024 yil sentyabridan 2025 yil fevraligacha bo‘lgan davrda milliy javob choralarini xalqaro qo‘llab-quvvatlash uchun 290 million dollar miqdoridagi mablag‘ kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, 4 million doza vaksinani sotib olish xarajatlari bu miqdorga kiritilmagan. JSST har chorakda strategiya, reja va resurslarga bo‘lgan talablarni ko‘rib chiqish va tuzatishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi «RIA Novosti» .

Kiritildi: 08:50 07.09.2024. O'qildi: 1166 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!