Bugun 24 noyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

JSST: Dunyoning 70 mamlakatida koronavirusni yuqtirish holatlari ko‘paymoqda

JSST: Dunyoning 70 mamlakatida koronavirusni yuqtirish holatlari ko‘paymoqda

Jahonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari yana oshib bormoqda. So‘nggi haftada o‘sish dinamikasi dunyoning 70 ga yaqin davlatida qayd etilgan.

JSST rahbari Tedros Gebreyesus Jenevada bo‘lib o‘tayotgan assambleya sessiyasida Afrika davlatlarida COVID-19dan o‘lim ko‘rsatkichlari ko‘payayotgani ham xavotirli ekanligini ta’kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “koronavirus har qadamda “tuhfa”lar hozirlashi mumkin va uning intensivligini oldindan aytib bo‘lmaydi”.

Xo‘sh, buyog‘iga qanday yo‘l tutgan ma’qul?

T. Gebreyesus bu haqda to‘xtalar ekan, barcha mamlakatlarni aholisining kamida 70 foizini emlash bilan qamrab olishga chaqirdi.

Shu bilan birga, tibbiyot xodimlari, 60 yoshdan oshganlar hamda yondosh kasalligi bo‘lganlar 100 foiz vaksina olishlari zarur.

Ammo, bugungi kunga qadar atigi 57 ta davlat 70 foizlik ko‘rsatkichga erishgan, xolos. Dunyoda miqyosida esa bu raqamlar o‘rtacha 60 foizni tashkil etyapti.

Kiritildi: 11:35 24.05.2022. O'qildi: 1577 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!