Bugun 4 dekabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

JSST: 85 desibeldan yuqori davomli shovqin xavfli kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin

JSST: 85 desibeldan yuqori davomli shovqin xavfli kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan shovqinning inson hayotiga zararli ta’siri bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari Buyuk Britaniyaning nufuzli “The Lancet” xalqaro ilmiy jurnalida chop etildi.

📌 Unda qayd etilishicha, 85 desibeldan yuqori 8 soatlik davomli shovqin yurak-qon tomir va ovqat hazm qilish tizimlari xastaliklarini keltirib chiqarishi mumkin.

🔎 Shuningdek, ushbu holat bosh miya va eshitish organlari o‘rtasidagi aloqani izdan chiqarishi ehtimoli yuqori. Oqibatda eshitish qobiliyatining to‘liq yo‘qolishi, quloqda shovqin paydo bo‘lishi bilan bog‘liq patologiyalar yuzaga keladi.

📊 JSST tahlillariga ko‘ra, hozir Yevropada katta yoshli har yetti kishidan biri tinnitusdan aziyat chekmoqda.

🩺 Qolaversa, baland tovushlar uyqusizlik, stress, asab tizimi muammolari va immunitet zaiflashishiga olib kelishi mumkin. Bu esa surunkali kasalliklar rivojlanish xavfini oshiradi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.

Kiritildi: 14:29 03.12.2024. O'qildi: 334 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!