Bugun 15 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

JSST 2026-2027 yillar uchun byudjetni 4,2 milliard dollarga qisqartirishni ma’qulladi

JSST 2026-2027 yillar uchun byudjetni 4,2 milliard dollarga qisqartirishni ma’qulladi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga (JSST) a’zo davlatlar Jenevada bo‘lib o‘tgan Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasining 78-sessiyasida tashkilotning 2026-2027 yillarga mo‘ljallangan 4,2 milliard dollar miqdoridagi qisqartirilgan byudjetini qabul qildi.

TASS xabariga ko‘ra, dastlabki byudjet loyihasi 5,3 milliard dollarni tashkil qilgan.

Vashingtondan kutilayotgan moliyaviy yo‘qotishlarni hisobga olish uchun joriy yil boshida u 21 foizga pasaytirilgan. AQSh 2026 yil 22 yanvardan boshlab tashkilot a’zoligini rasman to‘xtatadi.

Kiritildi: 06:01 21.05.2025. O'qildi: 456 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!