Bugun 5 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

Joynamozda shaytonning rasmi bo‘lsa...

A A A
Joynamozda shaytonning rasmi bo‘lsa...

Savol:

Assalomu alaykum, “YouTube” tarmog‘ida “Joynamozda shayton rasmi bor, ehtiyot bo‘linglar!” degan mazmundagi videolarni ko‘rdim va joynamozimni ko‘rib shu videoda ko‘rsatilgandek ekanligini bildim. Bir qarashda oddiy gul naqsh, lekin videoni ko‘rgach shayton turgandek tuyula boshladi. Nima qilishim kerak?

Javob:

Vaalaykum assalom. Hozir kim nimani bilsa, tushunsa internet sarhadlarida tarqatib yotibdi. Ayrim diniy masalalarda ham ana shunday mas’uliyatsizlik bilan tayyorlangan materiallar yoyilmoqda. Bunga ba’zi mahsulotlarning halol yo harom ekani haqidagi "fatvo"lar va siz aytgandek ogohlantirishlar misol bo‘ladi.

Lekin nima bo‘lganda ham, joynamoz namozxonlarning xushu’ va xuzu’lariga ta’sir o‘tkazmasligi va xayolini olmasligi kerak. Shuning uchun tasvir va naqshlarsiz joynamozlardan foydalanishingiz afzal.

Alloh yanada biluvchi.

Mubashshir Ahmad

Kiritildi: 14:45 11.01.2020. O'qildi: 12046 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!