Bugun 15 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

Joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida 4,0 trln. so‘mlik farmasevtika mahsulotlari ishlab chiqarildi

Joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida 4,0 trln. so‘mlik farmasevtika mahsulotlari ishlab chiqarildi

AOKAda Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi axborot xizmati rahbari Anvarxon Akabirov ishtirokida o‘tkazilgan brifingda joriy yilning o‘tgan davrida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi:

Xususan, o‘tgan 10 oy davomida 2,73 trln. so‘mlik dori vositalari, 771 mlrd. so‘mlik tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar hamda 498 mlrd. so‘mlik boshqa turdagi farmasevtika mahsulotlari, ya’ni, biologik faol qo‘shimchalar va gigiyenik vositalar ishlab chiqarildi.

⏺Farmasevtika yo‘nalishida amalga oshirilayotgan investisiya loyihalari doirasida 147 mln. AQSh dollari mablag‘lar o‘zlashtirildi. Shundan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiya va kreditlar – 92 mln. AQSh dollarni tashkil etdi.

⏺Joriy yilning 10 oyida 12 ta loyiha ishga tushirildi, ular doirasida 641 nafar yangi ish o‘rinlari va 145 mlrd. so‘mlik ishlab chiqarish quvvatlari yaratildi.

⏺Korxonalar tomonidan 153,2 mln. AQSh dollarlik mahsulotlar eksport qilindi. Eksportchi korxonalar soni 36 taga ortib, jami 365 tani tashkil etmoqda. Ushbu korxonalar tomonidan 45 ta davlatga mahsulotlar eksport qilinmoqda.

⏺Dorixonalar tomonidan GPP sertifkati uchun jami 5 311 ta ariza topshirildi. Yil yakuniga qadar respublikadagi barcha tarmoqli dorixonalarda GPP standartini joriy etish ishlarini yakunlash belgilangan.

Kiritildi: Bugun 15:42. O'qildi: 217 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!