Bugun 4 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

Jomboy tumanida 6,4 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan AGTKSh aniqlandi

Jomboy tumanida 6,4 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan AGTKSh aniqlandi

Jomboy tumanida 6,4 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan AGTKSh aniqlandi

«Hududgazta’minot» AJ Metrologik ta’minot boshqarmasi, «Hududgaz Samarqand» gaz ta’minoti filiali mutaxassislari va huquq-tartibot organlari hamkorligida Samarqand viloyatining Jomboy tumanida joylashgan «SH.» MCHJga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasida (AGTKSh) xatlov o‘tkazildi.

O‘rganish vaqtida AGTKShda o‘zboshimchalik bilan loyiha-texnik hujjatlaridan tashqari ortiqcha kompressor o‘rnatilgani va hisoblagichning ruxsat etilgan maksimal o‘lchash chegarasidan chetga chiqqan holda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelingani ma’lum bo‘ldi.

Holat bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirildi va dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 6 milliard 480 million so‘mlik zarar qayd etildi. Barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Kiritildi: 16:48 02.04.2026. O'qildi: 481 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!