"Barselona" prezidenti Joan Laporta Xavi Ernandesning jamoa bosh murabbiyligidan iste’foga chiqarilishi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Ispaniyalik mutaxassis "ko‘k-anorranglilar"ni 2021-2024 yillarda boshqargan.
Laportaning eslatishicha, Xavining o‘zi mavsum oxirida "Barselona"dan ketishini e’lon qilgan, biroq oradan vaqt o‘tib, uchrashib, vaziyatni muhokama qilishni so‘ragan.
"U ishni davom ettirmoqchi ekanligini aytdi. Men unga faqat bitta savol berdim: "Xavi, sen bu jamoaga ishonasanmi?" U "Men 100 foiz ishonaman, bu futbolchilarni chempion qilaman," deb javob berdi. Oradan bir hafta o‘tgach, jangovar jamoa tuzish uchun unga ikki yil kerakligini eshitdim. "Nima bo‘lyapti o‘zi?" deb o‘yladim," - deya Laportaning so‘zlarini keltiradi BarcaTimes.
Funksionerning so‘zlariga ko‘ra, keyinroq Xavi Dekuga chiqib, unga transferlar kerakligini, ba’zilari bilan xayrlashish kerakligini aytgan. Laporta Xavini hurmat qilishini tan oldi, ammo bu holat unga ta’sir qildi, shuning uchun bir paytlar Messi, Alba, Buskets bilan bo‘lgani kabi qiyin qaror qabul qilishga to‘g‘ri keldi.