Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Jo Bayden ruhiy xastami?

Jo Bayden ruhiy xastami?

AQShda 124 nafar iste’fodagi generallari prezident Jo Bayden tanqid qilingan maktub ostiga imzo chekdilar, deb xabar bermoqda The Politico.

Sobiq harbiylar davlat rahbarining ruhiy va jismoniy holatiga shubha bildirib, "millat katta xavf ostida qolmoqda", deya ta’kidlaganlar.

""AQSh Qurolli Kuchlari bosh qo‘mondonining ruhiy va jismoniy holatini e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi. U milliy xavfsizlik sohasida istalgan joyda, kechayu kunduz - tezlikda aniq qarorlarni qabul qila olishi kerak", - deya ta’kidlaganlar maktub mualliflari.

Murojaatda aytilishicha, amaldagi ma’muriyat "Kongressni chetlab o‘tgan holda tezlikda 50 dan ortiq ijro buyruqlarini imzolab, binobarin ularning aksariyati oldingi rahbariyatning samarali siyosatini bekor qilgan, Amerika fuqarolarining konstitusiyaviy huquqlariga diktatura usulida keng ko‘lamli hujum uyushtirgan".


Generallar FBR va Oliy sudni saylovlarda qonun buzilishiga yo‘l qo‘yilgani oshkor bo‘lganida, tezlikda harakat qilishga, "2020 yilda bo‘lgani kabi bunday holatlarni inkor qilmaslikka" chaqirishgan.

Kiritildi: 23:33 13.05.2021. O'qildi: 4485 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!