Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Jizzaxda o‘g‘ri enagaga sud hukmi o‘qildi

Jizzaxda o‘g‘ri enagaga sud hukmi o‘qildi

Iminova Samira Ahmad qizi (F.I.Sh o‘zgartirilgan) 2019 yil yanvar oyidan Sharof Rashidov tumanida yashovchi S.Soliyevning uyida enaga bo‘lib ishlab kelardi. 2020 yil mart oyi boshlarida xonadon egasi S.Soliyevning turmush o‘rtog‘i F.Toshtemirovaga tegishli telefon apparatini xonadonda joylashgan oshxona javonida qarovsiz turganligini ko‘rib qolib bir shumlik ko‘nglidan o‘tdi. O‘zganing mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, 1 dona bozor narxi 1.000.000 so‘mlik “Samsung J5” rusumli telefon apparatini o‘g‘irlab, ushbu telefon apparatdan 2020 yil 27 maygacha, ya’ni jinoyati fosh etilgan kunga qadar foydalanib kelgan.

Bundan tashqari, S.Iminova takroran o‘zganing mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, xonadon egasi S.Soliyevga tegishli bo‘lgan temir sandiqda pul saqlab kelinayotganligidan xabar topadi. 2020 yil 27 may kuni soat 16 larda uyda hech kim yo‘qligidan foydalanib, xonadon yerto‘lasida turgan temir sandiqni kalit bilan ochadi. Seyf ichidagi pullar orasidan 2.100.000 so‘m va 100 AQSh dollarini o‘g‘irlab, pullarni shaxsiy sumkasiga solib qo‘yganligi Sharof Rashidov tuman IIB xodimlari tomonidan aniqlangan.

Sud S.Iminovaning qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini, muqaddam sudlanmaganligini, jinoyat oqibatida yetkazilgan zararlar dastlabki tergovda to‘liq qoplanganligini, jabrlanuvchining da’vosi yo‘qligi kabi jazoni yengillashtiruvchi holatlarni sodir etilgan jinoyatni ijtimoiy xavflilik darajasini jiddiy kamaytiruvchi holatlar deb topdi. Shuningdek, uning harakatida jazoni og‘irlashtiruvchi holatlar mavjud emasligini inobatga olib, uni jamiyatdan ajratmagan holda ham qayta tarbiyalashning imkoni mavjud degan xulosaga kelib, JKning 57-moddasini qo‘llab, JK 169-moddasi 3-qismi sanksiyasida nazarda tutilmagan, ya’ni axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlashni lozim topdi.

Iminova Samira Ahmad qizi O‘zbekiston Respublikasi JK 169-moddasi 3-qismining “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topilib, unga shu modda bilan JKning 57-moddasi qo‘llanib, ish haqining 10 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 2 yil 6 oy axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

 

G‘iyosiddin Yalgashev,

Jinoyat ishlari bo‘yicha Sharof Rashidov tuman sudi raisi

Kiritildi: 13:35 06.08.2020. O'qildi: 2095 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!