Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Jizzaxda “Volvo”dagi “televizor” rejasi chippakka chiqdi

Jizzaxda “Volvo”dagi “televizor” rejasi chippakka chiqdi

“Yashirin iqtisodiyot”ning asosiy omillaridan biri tovarlarning bojxona chegaralari orqali noqonuniy olib o‘tilishi, ayirboshlanishi va bojxona hududida harakatlanishidir. Shu munosabat bilan bojxona organlari tomonidan respublikamizda “yashirin iqtisodiyot”ning ulushini qisqartirish va tovarlarning noqonuniy harakatini oldini olish borasida ham bir qator chora tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi bo‘limi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda tovar-moddiy boyliklarining yashirin aylanmasiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazishdi.

Tadbir davomida fuqaro B.X boshqaruvidagi “Volvo” rusumli yuk avtotransport vositasi belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganida, uning yukxonasida hech qanday hujjatlari va maxsus identifikasion belgili markirovkalari bo‘lmagan, umumiy qiymati 63,5 million so‘mlik 37 dona televizorlar borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

 

 

Kiritildi: 17:57 21.10.2020. O'qildi: 1999 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!