Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Jizzaxda terrorchilik tashkilotiga kirmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi

Jizzaxda terrorchilik tashkilotiga kirmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi

2021 yilning 12 iyun kuni huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar jarayonida, Suriya Arab Respublikasida terrorchilik harakatlarini amalga oshirayotgan “Tavhid va jihod katibasi” halqaro terrorchilik tashkiloti tarkibiga qo‘shilishni rejalashtirayotgan Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida yashovchi bir guruh shaxslar ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Mazkur fuqarolar xorijda bo‘lishi davomida Internet tarmog‘i orqali terrorchilik tuzilmalari yollovchilarining ta’siriga tushib, yashash manzillariga qaytib kelgandan so‘ng ushbu terrorchilik tashkilotining buzg‘unchi g‘oyalarini aholi orasida faol targ‘ib qilib kelganligi aniqlangan.

Hozirda surishtiruv va tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 10:51 15.06.2021. O'qildi: 3267 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!