Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida«Spark» yo‘ldan chiqib, ag‘darilib ketdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, voqea tumanning Ravot mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan o‘tgan Jizzax–Zomin yo‘lining 6- kilometrida ro‘y bergan. Aniqlanishicha, zominlik S.J. ismli haydovchi «Spark»da harakatlanayotib, boshqaruvni yo‘qotgan va mashina ag‘darilib ketgan.
Oqibatda fuqaro bosh miya jarohati va hamkor jarohatlar tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.