Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Jizzaxda koronovirus haqida noto‘g‘ri audioyozuv tarqatgan shaxsga hukm o‘qildi

Jizzaxda koronovirus haqida noto‘g‘ri audioyozuv tarqatgan shaxsga hukm o‘qildi

Omonov Vali Omonovich (F.I.Sh o‘zgartirilgan) 2020 yil 14 aprel kuni Jizzax viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasida tuzilgan «koronavirus» tezkor shtabining telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, mazkur shtab tezkor navbatchisi N.Niyatovga Jizzax viloyatida prokuror va uning oila a’zolari inson uchun xavfli bo‘lgan «koronavirus» infeksiyasini yuqtirib olganligini aytib shov-shuv ko‘targan voqeadan ko‘pchilikning xabari bor. Tezkor shtab xodimiga o‘sha prokuror o‘z vakolatini suiiste’mol qilgan holda oila a’zolarini karantinli shifoxonaga yotqizmasdan RSHTYOIM Jizzax filialiga olib borganligini, u yerda ularni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazgan «Sog‘liq» xususiy shifoxonasining shifokori Nomozov Ali Valiyevich shifoxonaga boshqa kasalliklar bilan murojaat qilgan bemorlarni ham qabul qilib kelayotganligi haqida haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni ma’lum qilgan edi. Navbatchi N.Niyatovga unga nisbatan tegishli chora ko‘rish kerakligini, aks holda tegishli idoralarga o‘zi murojaat qilishini aytib, ushbu suhbat jarayonini o‘zining telefon apparatiga yozib olgan.

«Sangzor.uz»ning xabar berishicha, V.Omonov o‘sha vaqtning o‘zida Jizzax viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazining telefon raqamiga ham qo‘ng‘iroq qilib, markazning navbatchi shifokori U.Usarov va navbatchi hamshirasi S.Soliyevalarga ham «Sog‘liq» xususiy shifoxonasida ishlovchi vrach haqida haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni aytib, ular bilan bo‘lib o‘tayotgan suhbat jarayoni yozib olingan audioyozuvni internet tarmog‘i orqali tarqatib yuborishini ma’lum qilgan.

Aslida «Sog‘liq» xususiy shifoxonasini va shu shifoxonada ishlovchi shifokor Nomozov Ali Valiyevich inson uchun xavfli bo‘lgan «koronavirus» infeksiyasini yuqtirib olgan bemorlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazmagan bo‘lib,  haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlar yozilgan ikkita audioyozuv shu kunning o‘zida «Telegram» ijtimoiy tarmog‘i orqali tarqatib yuborildi.

Sud jazoni yengillashtiruvchi holatlarni hamda sudlanuvchi V.Omonovning yashash joyi bo‘yicha mahalla fuqarolari yig‘ini tomonidan unga ijobiy tavsifnoma, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlash bo‘yicha iltimosnoma va kafolat xati taqdim etilganligini inobatga olib, uni O‘zbekiston Respublikasi JK 2445-moddasining 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topib JKning 62-moddasiga asosan 1 yil 9 oy 21 kun axloq tuzatish ishlari jazosi tayinladi. V.Omonov darhol sud zalida qamoqdan ozod qilindi.

Kiritildi: 10:53 12.08.2020. O'qildi: 2885 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!