1994 yilda Xitoy Xalq Respublikasida tug‘ilgan, XXR fuqarosi, Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani Ardaxshon mahallasi hududida joylashgan “FESTON” XSI MCHJ yotoqxonasida yashagan Chen Lin Bing O‘zbekiston Respublikasi JKnig 184-moddasi 3-qismi xamda 189-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etganligi uchun Sharof Rashidov tumani IIB tomonidan qidirilmoqda. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar qildi.
Ushbu shaxs to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lganlardan ichki ishlar organlariga yoki +99872-342-12-02, +99872-342-10-68, +99872-226-03-02, +99893-290-02-30 telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib xabar berishlari so‘raladi.
Qayd etilishicha, ma’lumot bergan fuqaroning shaxsi sir tutiladi va pul mukofoti bilan taqdirlanadi.