Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Jizzaxda «Gazel» yuk mashinasi gaz balloni portlab ketdi

Jizzaxda «Gazel» yuk mashinasi gaz balloni portlab ketdi

Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanidagi avtomobillarga gaz to‘ldirish va quyish shaxobchalarining biridan gaz to‘ldirib chiqqan «Gazel» gaz balloni portlab ketdi.

Viloyat IIB YHXB katta inspektori Erkin Ochilovning «Zamon.uz»ga ma’lum qilishicha, voqea 8 sentyabr kuni soat taxminan 06:00 lar atrofida yuz bergan. Zapravkadan gaz to‘ldirib chiqqan «GAZ 330202» GBA SPG rusumli yuk bortli avtomashina gaz balloni portlab ketgan.

Haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida avtomobil yo‘lning chap tomonida o‘rnatilgan beton to‘siqqa borib urilgan. Oqibatda tan jarohati olgan haydovchi shifoxonaga yotqizilgan.

Kiritildi: 23:59 08.09.2021. O'qildi: 2571 marta. Fikrlar soni: 3 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!