Bugun 26 noyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Jizzaxda garovdagi Tracker auksionga chiqariladi

Jizzaxda garovdagi Tracker auksionga chiqariladi

Bank kreditlari asosan garov evaziga beriladi. Agar kredit olgan shaxs bank oldidagi majburiyatlarini bajarmagan taqdirda sud tomonidan kredit qarzdorliklarini garovdagi mulkiga qaratish yoki xatlash to‘g‘risida ijro varaqa chiqariladi.

Byuroning Jizzax shaxar bo‘limiga Sudining fuqaro K.E. dan Bank foydasiga qarz undirish hamda undiruv qarzdorga tegishli “Tracker” rusumli avtomashinaga qaratish to‘g‘risidagi ijro varaqasi kelib tushgan.

Mazkur ijro ishi doirasida qarzdor bir necha bor ogohlantirilishiga qaramasdan qarzdorlikni to‘lashdan bosh tortib, o‘ziga tegishli avtomashinasini xatlashdan yashirib kelgan. Keyingi ijro harakatlarida ushbu avtomashinaga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.

O‘tkazilgan tezkor qidiruv tadbirlarida mazkur avtotransport Jizzax shaxridan aniqlanib, jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Kelgusida ushbu avtomashina elektron-onlayn auksionlarida sotilib, sotuvdan tushgan puldan mavjud qarzdorlik qoplanadi.

Kiritildi: Bugun 16:42. O'qildi: 310 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!