Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Jizzaxda ayollarni fohishalik qilish uchun Turkiyaga jo‘natayotgan xorazmlik ayol qo‘lga olindi

Jizzaxda ayollarni fohishalik qilish uchun Turkiyaga jo‘natayotgan xorazmlik ayol qo‘lga olindi

O‘zbekiston Respublikasida dunyoda dolzarb mavzu va eng katta xavflardan biri bo‘lgan odam savdosiga qarshi ko‘rashish bo‘yicha bir nechta qarorlar va tadbirlar o‘tkazilsada, ushbu jinoyatni salbiy oqibatlarga olibkelinishi bilsada o‘ziga tegishli xulosa chiqarmagan shaxslar jamiyatimizda yo‘q emas.

Asli Xorazm viloyatida yashovchi Jizzax shahrida vaqtincha istiqomad qilayotgan (ismi sharifi o‘zgartirilgan ) Belova Yekatirina muqaddam sudlangan, jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Sirg‘ali tumani sudining  2019 yil 31 yanvar kungi hukmiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi JK 223-moddasi 1-qismi bilan ayblanib, o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqarmasdan takroran jinoyatga qo‘l urdi.

E.Belova o‘zini shahvoniy va boshqa g‘araz maqsadlarda, (ismi sharifi o‘zgartirilgan) S.Norovani yollab, unga Turkiya davlatining Istambul shahrida har oyda 3.000 AQSh dollaridan pul ishlab topishini, har bir mijoz bilan jinsiy aloqada bo‘lganligi uchun esa 100-150 lira miqdorida pul ishlab olishini aytib, uni fohishalik qilish uchun da’vat qilib, uning yo‘l harajatlarini o‘z hisobidan to‘lab, jabrlanuvchi S.Norovani I.Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti orqali Turkiya davlatining Istambul shahriga kuzatish maqsadida 2019 yil 30 may kuni soat 14.00 da yo‘lovchi avtomashinada olib ketayotgan vaqtida Jizzax viloyati IIB TEQKB xodimlari tomonidan ushlandi.

Dastlabki tergovda aniqlanishicha Ye.Belova bundan tashqari (ismi sharifi o‘zgartirilgan) L.Solova va J.Petrovalarni kelgusida shahvoniy va boshqa g‘araz maqsadlarda foydalanilishi uchun yollab, ularga Turkiya davlatining Istambul shahrida har oyda 3.000 AQSh dollaridan pul ishlab topishini, har bir mijoz bilan jinsiy aloqada bo‘lganligi uchun esa 100-150 lira miqdorida pul ishlab olishini aytib, ularni fohishalik qilish uchun da’vat  qilib, ularning yo‘l harajatlarini o‘z hisobidan to‘lab berishligini va’da qilib, jabrlanuvchi L.Solova va J.Petrovalarni fuqarolik pasportida “dunyoning barcha davlatlariga chiqish uchun” stiker vizasi tayyor bo‘lishi bilan ularni I.Karimov nomidagi “Toshkent xalqaro aeroporti” orqali Turkiya davlatining Istambul shahriga olib ketmoqchiligi aniqlandi.

Sudlanuvchi Ye.Belovaga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK 135-moddasi 2-qismining “b,g,d,z” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda ayblanib, jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudining 09.09.2019 yildagi xukmiga ko‘ra Ye.Belova O‘zbekiston Respublikasi JK 135-moddasi 2-qismining “b,,d” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topilib, jinoyat kodeksining 60,61- moddalariga asosan uzil-kesil 3 (uch) yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

E.Qarshiyev, Jinoyat ishlari bo‘yicha

Jizzax shahar sudining sudyasi 

 

Kiritildi: 18:09 25.11.2019. O'qildi: 2433 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!