Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Jizzaxda ayollar janjaliga aralashgan erkak ulardan birining sochini yulib oldi

Jizzaxda ayollar janjaliga aralashgan erkak ulardan birining sochini yulib oldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida ayollar o‘rtasida kelib chiqqan o‘zaro janjalda erkak kishi ham aralashib, ayollardan birining sochini yulib olgani aks etgan videotasvir tarqalmoqda.

Jizzax viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, ushbu voqea Jizzax viloyati G‘allaorol tumani Do‘stlik mahallasida ro‘y bergan bo‘lib, videotasvirlarda mazkur hududda yashovchi ikki oila vakillarining kelishmovchiligi aks etgan. Nizoga 2013 yilda tug‘ilgan bolaning shu mahallada yashovchi fuqaro tomonidan quritishga qo‘yilgan “odeyalo”ga loy oyog‘ini artishi sabab bo‘lgan. Buni ko‘rgan “odeyalo” egasi bolani qarg‘agan va janjal yuz bergan.

Voqea haqida ma’lumot olinishi bilan hududga 2 nafar profilaktika inspektori yetib borib, kelishmovchilikni barataraf etish choralarini ko‘rishgan.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 13:09 02.10.2021. O'qildi: 4363 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!