Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Jizzaxda 10 yashar qiz sel oqizib ketishi oqibatida halok bo‘ldi

Jizzaxda 10 yashar qiz sel oqizib ketishi oqibatida halok bo‘ldi

G‘allaorol tumani «Jiydali» qishloq fuqarolar yig‘inida yashagan 10 yoshli qiz M.B.ni soydan sel kelib oqizib ketgan.

Jizzax viloyati IIBdan xabar qilishlaricha, qiz dala maydonidan mollarini uyiga haydab kelish uchun soydan o‘tayotgan bo‘lgan va soydan oqib kelgan sel uni oqizib ketgan.

Qizning jasadi soydan 500 metr uzoqlikdan topilgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta viloyatning Zomin tumani «Shirin» fuqarolar yig‘inida 14 va 7 yoshli opa-ukalar ham sel kelishi qurboniga aylangan edi.

Kiritildi: 04:30 06.05.2020. O'qildi: 4472 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!