Bugun 6 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Telegram tarmog‘idagi qing‘ir qadam

A A A
Telegram tarmog‘idagi qing‘ir qadam

Bugun ijtimoiy tarmoqlardan hamma o‘zi xohlagancha foydlanmoqda. Sir emaski onlayn savdo va adashgan manzilga lokasiya yuborish ham katta kichikka oson bo‘lib qoldi. Bu imkoniyatdan to‘g‘ri foydalanmayotgan Toshkentlik talabaning qing‘ir qadami fosh etildi.

Tatariston Respublikasi Qozon federal universiteti 2-kurs talabasi bo‘lgan endigina 21 yoshni qarshilagan Sobir Boboyev (ism shariflar shartli) giyohvand moddasini sotish bilan shug‘ullanuvchi noma’lum shaxslar bilan kelishgan holda, telegramm messenjeridagi bot orqali kelgusida internet tarmog‘i orqali sotish maqsadida, qadoqlab tayyorlangan giyohvand moddalarni keyinchalik maxsus joylarga qo‘yib ketish majburiyatini olib, har bir qadoqlangan giyohvand moddasini ko‘mganligi evaziga 30.000 so‘mdan olish maqsadida o‘zida saqlab kelgan a-pirrolinovalerofenon (α-PVP) giyohvandlik moddasini maxsus joyga ko‘mib joylashtirish uchun 2021 yil 19 sentyabr kuni soat 12:30 larda Toshkent shahar, Yashnobod tumani, A.Qodiriy ko‘chasida joylashgan “Salar” kanali bo‘ylab kelayotgan vaqtida, Yashnobod tumani IIO FMB PPX xodimlari tomonidan shubhali ko‘rinib, uning shaxsini tekshirish maqsadida to‘xtatilganda, o‘zini nojo‘ya tutganligi bois xolislar ishtirokida shaxsiy tintuv qilinganida, uning egnida bo‘lgan shimining orqa cho‘ntagidan 13 dona ko‘k rangli izolentaga o‘ralgan och yashil rangli sellofan paket ichida o‘tkir hidli modda borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006 yil 3 fevraldagi “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi 1-sonli qarorining 3-bandida: “Jazo adolatli bo‘lishi - har bir holatda individual tayinlanishi, jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasiga, aybdorning shaxsiga, shuningdek, jazoni yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlarga muvofiq bo‘lishi kerak”ligi haqidagi talablar ko‘rsatib o‘tilgan.

Sud hay’ati, sudlanuvchi S.Boboyevga jazo turi va miqdorini belgilashda, uning aybiga to‘liq iqrorligini, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini, yoshligini, muqaddam sudlanmaganligini, oilaviy sharoitini, shartnoma asosida oliy o‘quv yurtida o‘qishini, jazoni yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlarni hisoblab jinoyat ishini ko‘rib yakunladi.

Sud tomonidan sudlanuvchi Sobir Boboyevni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25,273-moddasi 5-qismi bilan aybli deb topib 8 (sakkiz) yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi.

Baxriddin Ikramov, jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudining sudyasi

Kiritildi: 20:01 01.06.2022. O'qildi: 3574 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!