Bugun 5 may, 2026 yil, seshanba

КИР

Jinoyat ishlari bo‘yicha aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv joriy qilindi

A A A
Jinoyat ishlari bo‘yicha aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv joriy qilindi

“O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat va Jinoyat-prosessual kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi (O‘RQ–675, 18.02.2021 y.).

Qonun bilan Jinoyat prosessual kodeksiga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra:

● Ko‘rsatuvlarni oldindan mustahkamlab qo‘yish;
● Jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki eshituv;
● Aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv institutlari joriy qilindi.

✅ Ko‘rsatuvlarni oldindan mustahkamlab qo‘yish – guvoh va jabrlanuvchini ishni sudga qadar yuritish bosqichida prokurorning iltimosiga ko‘ra so‘roq qilish bo‘lib, u sud tomonidan amalga oshiriladi.

➡️ Guvoh va jabrlanuvchini ob’ektiv sabablarga ko‘ra keyinchalik so‘roq qilish mumkin bo‘lmay qoladigan hollarda, ularning ko‘rsatuvlarni oldindan mustahkamlab qo‘yilishi mumkin.

♻️ Jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki eshituv –  jinoyat ishini to‘xtatib turish, tugatish, birlashtirish,  ayblov dalolatnomasi yoki xulosasini, tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi qarorni prokurorga yuborish hamda nomaqbul dalillarni chiqarib tashlash uchun asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda o‘tkaziladi.

❌ Dastlabki eshituvni o‘tkazish davomiyligi 10 sutkadan oshmasligi kerak.

♻️ Aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv – o‘ta og‘ir jinoyat hisoblanmaydigan jinoyatlar bo‘yicha aybiga iqror bo‘lgan, jinoyatni ochishga ko‘maklashgan va zararni bartaraf etgan gumon qilinuvchining yoki ayblanuvchining iltimosnomasiga asosan prokuror bilan tuziladigan kelishuv.

❕Qonun bilan Jinoyat kodeksiga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzilgan jinoyatlar bo‘yicha jazo belgilangan eng ko‘p jazoning yarmidan oshmagan holda tayinlanadi.

▫️Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
 

Kiritildi: 18:09 18.02.2021. O'qildi: 1537 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!