Bugun 3 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Jimjit dengiz ostidagi kuchli uyg‘onish — Tayvan yaqinida 5,9 magnitudali zilzila

Jimjit dengiz ostidagi kuchli uyg‘onish — Tayvan yaqinida 5,9 magnitudali zilzila

5 may kuni Tayvanning sharqiy qirg‘oqlari yaqinidagi dengizda 5,9 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi.

Reuters agentligining xabar berishicha, bu haqda orolning meteorologiya xizmati xabar bermoqda.

Hozircha vayronagarchiliklar haqida xabar berilmagan.

Er osti silkinishlari poytaxt Taypeyda ham sezildi, u yerda qisqa muddatga binolar silkindi. Zilzila epimarkazi qirg‘oqdan taxminan 30 km uzoqlikda, o‘chog‘i 6,6 km chuqurlikda joylashgan.

Tayvan tektonik plitalarning tutashgan joyida seysmik faol zonada joylashgan va muntazam ravishda zilzilalarga duch keladi. Masalan, 2016 yilda orol janubida yuz bergan yer silkinishlari oqibatida 100 dan ortiq kishi halok bo‘lgan, 1999 yilda esa 7,3 magnitudali kuchli zilzila 2000 dan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘lgan.

Kiritildi: 19:40 05.05.2025. O'qildi: 582 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!