AQSh Senatida migrantlar uchun tibbiy imtiyozlar bo‘yicha bahslar tufayli federal hukumat faoliyati qisman to‘xtatildi, deb xabar berdi Qo‘shma Shtatlar vise-prezidenti.
Jey Di Vensning so‘zlariga ko‘ra, Senatdagi ayrim demokratlar noqonuniy migrantlarga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun yuzlab milliard dollar ajratishni talab qilib, shatdaunga sabab bo‘lgan.
U shuningdek, bir nechta mo‘’tadil demokratlar respublikachilarni federal idoralar ishini davom ettirish uchun qo‘llab-quvvatlaganini ta’kidlab, shatdaun fuqarolar va davlat xizmatchilariga zarar yetkazishini qayd etdi.