AQSh ommaviy axborot vositalarida Jeneva muzokaralarida kim g‘olib chiqqan — Rossiya yetakchisi Vladimir Putin yoki AQSh prezidenti Jozef Bayden haqida fikrlar ikkiga bo‘lindi. Bu haqda Nyu-Yorkdagi Butunrossiya davlat teleradioeshittirish kompaniyasining boshlig‘i Valentin Bogdanov ma’lum qildi.
Bogdanovning so‘zlariga ko‘ra, AQShning sobiq prezidenti Donald Trampning tarafdorlari bo‘lgan OAV Bayden topshiriqni to‘liq bajarmagan deb hisoblamoqda. Demokratik partiyani qo‘llab-quvvatlovchi ommaviy axborot vositalari mutlaqo teskari fikrda.
Bogdanov ta’kidlaganidek, Qo‘shma Shtatlardagi xalqaro siyosatni yoritish ichki siyosiy kurashning davomi bo‘ldi. U Qo‘shma Shtatlardagi demokratik matbuot aslida AQSh ma’muriyati va Demokratik partiyaning piar bo‘limiga aylandi degan fikrni bildirdi.