Bugun 21 may, 2026 yil, payshanba

КИР

JCH-2026 qaydnomasiga kiritilgan Neymar jarohat oldi

JCH-2026 qaydnomasiga kiritilgan Neymar jarohat oldi

Braziliyaning «Santos» klubi yulduzli hujumchisi Neymar boldir mushagidan jarohat oldi. Bu haqda jamoa tibbiy shtabi vakili Rodrigo Zogayb ma’lum qildi.

«Unda yengil shikastlanish bor, shish paydo bo‘lgan. Agar tiklanish jarayoni rejadagidek ketsa, u keyingi haftada terma jamoa ixtiyoriga yo‘l oladi», — deya Zogaybning so‘zlarini keltiradi «GE» nashri.

Avvalroq, Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Neymarni bo‘lajak JCH-2026 uchun «selesao»ning yakuniy qaydnomasiga kiritgani ma’lum bo‘lgan edi.

Jahon chempionatining guruh bosqichida Braziliya jamoasi Shotlandiya, Marokash va Gaiti terma jamoalari bilan kuch sinashadi.

Kiritildi: Bugun 13:37. O'qildi: 237 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!