Bugun 26 avgust, 2026 yil, chorshanba

КИР

JCH–2026 FIFAga rekord daromad keltirdi

JCH–2026 FIFAga rekord daromad keltirdi

JCH–2026 Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) tarixidagi eng daromadli turnirga aylandi. The Guardian nashri xabariga ko‘ra, tashkilot mundial davomida 15 milliard dollar daromad oldi.

Bu ko‘rsatkich FIFAning dastlabki prognozidan ancha yuqori. Avvalroq tashkilot turnirdan taxminan 11 milliard dollar tushum kutayotgandi.

Manbaga ko‘ra, daromadning asosiy qismi chiptalar savdosi va ularning qayta sotilishidan tushgan. FIFA chiptalar qayta sotilganda ham xaridor, ham sotuvchidan 15 foizdan komissiya olgani umumiy tushumni sezilarli darajada oshirgan.

Shuningdek, mehmondo‘stlik (hospitality) xizmatlaridan olingan daromad ham FIFAning rekord moliyaviy natijasiga muhim hissa qo‘shgan.

Eslatib o‘tamiz, bugun JCH–2026 finalida Ispaniya va Argentina terma jamoalari o‘zaro bahs olib boradi.

Kiritildi: 14:18 19.07.2026. O'qildi: 967 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!