Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Jarqo‘rg‘onda 500 millionga noqonuniy sotilishi kerak bo‘lgan yer sotilishining oldi olindi

Jarqo‘rg‘onda 500 millionga noqonuniy sotilishi kerak bo‘lgan yer sotilishining oldi olindi

Termiz shahrida 2022 yil 18 may kuni, Qumqo‘rg‘on tumanida yashovchi, B.Sanam (ism shariflar o‘zgartirilgan) viloyat IIBga yozgan arizasiga asosan, viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan Termiz shahar «Alpomish» mahallasida joylashgan restoranlarning birida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Jarqo‘rg‘on tumanida yashovchi, X.Ikrom o‘ziga tegishli bo‘lmagan Jarqo‘rg‘on tumani hududida joylashgan 50 sotix yer maydonini jami 500.000.000 (besh yuz million) so‘mga sotishga kelishib, B.Sanamdan 214.000.000 (ikki yuz o‘n to‘rt million) so‘m pullarni olgan vaqtida ushlangan va ashyoviy dalil olingan.

Mazkur holat yuzasidan X.Ikromga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kiritildi: 08:36 05.06.2022. O'qildi: 2319 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!