Qirg‘izistonda tegishli organlar mamlakatda muddatidan oldin prezidentlik saylovlarini o‘tkazishni taklif qilgan bir guruh shaxslarning harakatlarining ko‘lamini aniqlash uchun tergov choralarini ko‘rmoqda.
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov bu haqda ”Xabar” axborot agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Tergov siz aytayotgan tashabbusning ko‘lamini va unda qancha odam ishtirok etganini aniqlaydi. Ishtirokchilar soni hozirda e’lon qilinganidan ham ko‘proq bo‘lishi mumkin, ammo tergov natijalari e’lon qilingandan so‘ng men aniq javob bera olaman”, deb ta’kidladi u.
9 fevral kuni Qirg‘izistondagi taniqli siyosiy va jamoat arboblari guruhi muddatidan oldin prezidentlik saylovlarini o‘tkazishni taklif qiluvchi petisiyani e’lon qilishdi. Petisiyaga 75 kishi, jumladan, ikki sobiq bosh vazir, bir nechta sobiq parlament a’zolari va sobiq vazirlar imzo chekishgan. Muddatidan oldin prezidentlik saylovlarini o‘tkazishga chaqiruvchi petisiyani imzolaganlardan uch nafari keyinchalik hibsga olingan.