Tabiiy ofat 379 ming kishini uyini tark etishga majbur qildi, deya xabar beradi Anadolu agentligi.
BMTning Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi (GMMB) ma’lumotlariga ko‘ra, Janubiy Sudandagi halokatli suv toshqinlari 1,4 million kishining hayotiga ta’sir ko‘rsatgan, 379 ming kishi uyini tashlab ketgan.
GMMB bayonotiga ko‘ra, mamlakatdagi suv toshqinlari so‘nggi yillarda yuz bergan eng yirik tabiiy ofat hisoblanadi. Yo‘llar suv ostida, gumanitar yordam xodimlari jabrlanganlarga yordam berishda qiynalmoqda.
“Bezgakning avj olishi jabrlangan hududlarda sog‘liqni saqlashning og‘ir ahvolini yanada og‘irlashtirmoqda”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, suv toshqinlari infratuzilma va qishloq xo‘jaligi dalalariga zarar yetkazgani va mamlakatdagi gumanitar inqirozni yanada qiyinlashtirgani aytiladi.