Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimi korrupsiyada ayblanib, 1 yilu 8 oylik qamoq jazosiga hukm qilindi — YTN telekanali.
O‘tgan yilning avgust oyida Janubiy Koreya sudi sobiq birinchi xonim Kim Gon Xinni, korrupsiyada gumon qilingani uchun hibsga olishga buyruq bergan edi.
Uning turmush o‘rtog‘i, sobiq prezident Yun Sok Yol, o‘tgan yilning dekabr oyida mamlakatda harbiy holat joriy etganidan so‘ng lavozimidan chetlatilgan va hozirda hibsda. Yun davlat to‘ntarishiga urinishda ayblanib sudlanmoqda, bu esa umrbod qamoq yoki hatto o‘lim jazosiga olib kelishi mumkin