Bugun 16 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Janubiy Koreyada yong‘inda vafot etgan o‘zbekistonlikning jasadi Toshkentga jo‘natildi

Janubiy Koreyada yong‘inda vafot etgan o‘zbekistonlikning jasadi Toshkentga jo‘natildi

Joriy iylning 9 may kuni Seul shahridagi kvartirada sodir bo‘lgan yong‘in natijasida o‘zbekistonlik talaba F.M. (1996 yilda tug‘ilgan) halok bo‘lgan yana bir talaba M.YU. esa jiddiy jarohatlangan. Bu haqda TIV Matbuot xizmati xabar tarqatdi.

O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasiga ko‘ra, yong‘in natijasida halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi F.M. ning jasadi Toshkentga jo‘natilgan.

Yong‘in chog‘ida ikkinchi darajali kuyish olgan talaba M.YU. (1997 yilda tug‘ilgan) esa, Hanil kasalxonasiga joylashtirilgan, unga malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. 11 may kuni jabrlanuvchining otasi va akasi Seul shahriga yetib keldi hamda M.Yuldashev ta’lim olgan Hankuk universiteti ko‘magida ularga yashash joyi borasida va boshqa masalalarni hal qilishda yordam ko‘rsatilgan.

Hozirgi paytda Janubiy Koreya tomoni yong‘inning barcha sabablarini aniqlash uchun tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Kiritildi: 10:27 13.05.2019. O'qildi: 1992 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!