Muxolifat prezident vazifasini bajaruvchi Xan Dok Suga qarshi impichment e’lon qildi. Bunga prezident Yun Sok Yolni lavozimidan chetlashtirish bo‘yicha yakuniy qarorni qabul qiladigan Konstitusiyaviy sud tarkibiga oid kelishmovchiliklar sabab bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yun Sok Yol mamlakatda harbiy holat joriy qilgan, keyinroq parlament unga ikkinchi urinish bo‘yicha impichment e’lon qilgan edi.
Prezident vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan Xan Dok Su Konstitusiyaviy sud sudyalarni tayinlamadi hamda hukmron va muxolifat partiyalari kelishuvga erishmaguncha, buni qilmasligini aytdi.
Muxolifat Xanda Konstitusiyani himoya qilish uchun malaka va irodasi yo‘qligini bildirdi. Agar u prezident vazifasini bajaruvchi lavozimidan chetlashtirilsa, mamlakatni moliya vaziri Chxve Sang Mokk boshqaradi.