Bugun 23 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Janubiy Koreyada muddatidan oldin o‘tkazilgan prezidentlik saylovlari yakunlandi

Janubiy Koreyada muddatidan oldin o‘tkazilgan prezidentlik saylovlari yakunlandi

Ekzitpol natijalariga ko‘ra, muxolifat nomzodi saylovda g‘alaba qozonishi kutilmoqda.

Saylovdagi asosiy ikki nomzoddan biri Li Chje Myon muxolifatdagi “Toburo” demokratik partiyasi vakili, u yaqinda mazkur partiya yetakchiligidan ketgan edi. Ekzitpollar aynan uning g‘alabasini bashorat qilmoqda.

Biroq Li Chje Myonning g‘alabasiga bir nechta jinoiy ishlar bo‘yicha ayblovlar xalaqit qilishi mumkin, hozircha bu ishlar bo‘yicha sud jarayonlari kechiktirilgan.

Kim Mun Su esa lavozimidan chetlatilgan prezident Yun Sok Yol ham a’zosi bo‘lgan konservativ “Fuqarolik kuchi” partiyasidan nomzod sifatida ko‘rsatilgan.

Kiritildi: 21:46 03.06.2025. O'qildi: 761 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!