Bugun 5 yanvar, 2025 yil, yakshanba

КИР

Janubiy Koreyada barcha Boeing 737-800 samolyotlari tekshiriladi

Janubiy Koreyada barcha Boeing 737-800 samolyotlari tekshiriladi

Janubiy Koreya hukumati Muan aeroportida halokatga uchragan samolyotdan so‘ng mamlakatdagi barcha Boeing 737-800 samolyotlarini ko‘zdan kechiradi.

Bu haqda Yonhap agentligi ma’lum qildi.

Jurnalistlarning so‘zlariga ko‘ra, tekshiruv doirasida mutaxassislar samolyotlarga texnik xizmat ko‘rsatish tizimini o‘rganadilar. Ushbu chora Janubiy Koreya aviakompaniyalariga ta’sir qiladi, deya aniqlik kiritdi agentlik.

Avvalroq Janubiy Koreyaning Jeju Air aviakompaniyasining yana bir samolyoti qo‘nish moslamasida muammolarga duch kelgani, natijada u jo‘nab ketish aeroportiga qaytgani haqida xabar berilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Jeju Air aviakompaniyasining Boeing 737 samolyoti 29 dekabr kuni Janubiy Koreyaning Muan aeroportida halokatga uchragan edi. Samolyot qo‘nish chog‘ida uchish-qo‘nish yo‘lagidan ag‘darilgan va beton to‘siqqa qulagan, keyin esa portlagan. Samolyot deyarli butunlay vayron qilingan. Hodisaning dastlabki sababi sifatida qushlarning urilishi oqibatida qo‘nish moslamasi tizimining nosozligi ko‘rsatilgan.

Samolyot bortida jami 181 kishi bo‘lgan. Ular orasida 173 nafar koreys va ikki nafar Tailand fuqarosi bor. OAVning xabar berishicha, favqulodda vaziyat paytida samolyotning orqa qismida bo‘lgan bir necha kishi tirik qolishga muvaffaq bo‘lgan.

Kiritildi: 11:33 30.12.2024. O'qildi: 749 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!