Agentlik bu haqda Yun Sok Yolning advokati Yun Kab-kinga tayanib xabar berdi.
"Korrupsiyani tergov qilish boshqarmasi (CIO) va polisiya rasmiylari noqonuniy hibsga olish orderlarini g‘ayriqonuniy usullar bilan ijro etishga harakat qilmoqda, bu esa shaxsiy xavfsizlik va baxtsiz hodisalar haqida xavotir uyg‘otmoqda. Prezidentning sudga kelishi uchun avval shaxsiy himoya va xavfsizlik masalasi hal qilinishi kerak", — deya ta’kidladi advokat.
Koreya Respublikasi Konstitusiyaviy sudining Yun Sok Yolga nisbatan impichment bo‘yicha sessiyasi 14 yanvarda o‘tkazilishi belgilangan.