Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sek Yol mamlakatga qilgan murojaatida haqiqatda o‘z ixtiyori bilan iste’foga chiqishdan bosh tortdi va unga qarshi impichment yoki tergov jarayonidan o‘tishga tayyorligini ma’lum qildi.
Bu haqda Yonhap agentligi xabar bermoqda.
"Men impichment yoki tergovdan sharaf bilan o‘taman" - dedi Janubiy Koreya rahbari.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, 7 dekabr kuni impichment bo‘yicha ovoz berishdan oldin Yun Seok Yol o‘z vakolati masalasini hukmron partiyaga ishonib topshirayotganini aytgan edi. Uning rahbariyati prezidentning "nazorat ostida muddatidan oldin iste’foga chiqishi" tarafdori edi. Impichment bo‘yicha navbatdagi ovoz berish 14 dekabrga belgilangan.