Prezident Yun Sok Yol tomonidan harbiy holat qo‘mondoni deb e’lon qilingan Janubiy Koreya armiyasi shtab boshlig‘i Pak An Su o‘z vazifasidan chetlatildi.
"Yonhap" agentligining xabar berishicha, Janubiy Koreya Mudofaa vazirligi payshanba kuni Pak An Su o‘z lavozimidan chetlashtirilganini ma’lum qildi.
Bu qaror harbiy qo‘mondonlarning 3 dekabr kuni mamlakatda harbiy holat e’lon qilinishiga aloqadorligi bo‘yicha tergov kuchayib borayotgan bir paytda iste’foga chiqishlarining oxirgisi bo‘ldi.