"Konstitusiyaviy sud bosh vazir Xan Dok Suni mamlakat prezidenti vazifasini bajaruvchi lavozimiga qayta tikladi. Cudning sakkiz sudyasidan yettitasi Xanga nisbatan impichmentga qarshi chiqdi. Ularning besh nafari Xan mamlakat konstitusiyasi yoki qonunlarini buzmaganligi dababli impichment uchun yetarli asos yo‘qligini bildirdi", deya xabar bermoqda agentlik.
Xan Dok Su dekabr oyida parlament prezident Yun Sok Yolga harbiy holat joriy qilishga urinish sababli impichment e’lon qilganidan so‘ng Janubiy Koreya prezidenti vazifasini bajaruvchi sifatida ish boshlagandi. Ikki hafta o‘tib, Xanning o‘ziga ham impichment e’lon qilindi, u Yunning impichmentini ko‘rib chiqadigan Konstitusiyaviy sud tarkibiga uchta qo‘shimcha sudya tayinlashdan bosh tortgan edi.