Bugun 16 dekabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Janubiy Afrika Respublikasi Putinni G20 sammitiga taklif qilmaydi

Janubiy Afrika Respublikasi Putinni G20 sammitiga taklif qilmaydi

Janubiy Afrika Respublikasi Xalqaro Jinoiy sud orderi sababli Putinni G20 sammitiga taklif qilmaydi.

Bu haqda Janubiy Afrika prezidentining rasmiy vakili Vinsent Magvenya ma’lum qildi.

Bunga Haagadagi Xalqaro jinoiy sud tomonidan Putinni hibsga olishga berilgan order sabab bo‘ldi. Janubiy Afrika XJS faoliyatining asosini tashkil etuvchi Rim statutini ratifikasiya qilgan va agar Rossiya prezidenti mamlakatga tashrif buyursa, uni hibsga olishi kerak. Shunga o‘xshash qoidalar 2023 yil 22-24 avgust kunlari Yoxannesburgda bo‘lib o‘tgan BRICS'ning 15-sammitida ham amal qilgan.

"BRICS'ning Yoxannesburgdagi sammitidan beri huquqiy vaziyat o‘zgarmadi, biz hech qanday tarzda XJS qarorlariga ta’sir qila olmaymiz", — deya aniqlik kiritdi Magvenya.

Kiritildi: Bugun 10:51. O'qildi: 784 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!