Janubiy Afrika Respublikasi prezidenti Siril Ramaposa avgust oyida Yoxannesburgda bo‘lib o‘tadigan BRIKS sammiti yuzma-yuz o‘tkazilishini aytdi.
Bu haqda u o‘zining Twitter'ida ma’lum qildi.
"Biz yuzma-yuz BRIKS sammitini o‘tkazamiz", dedi respublika rahbari.
Shuningdek, u BRICS sammitlari uch yildan beri bu ko‘rinishda o‘tkazilmaganiga aniqlik kiritdi.