Bugun 19 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Jan-Klod Van Dammdan yangi treyler (video)

A A A
Jan-Klod Van Dammdan yangi treyler (video)

Jangari filmlar afsonasi, aktyor Jan-Klod Van Damm, yangi shov-shuvli filmda suratga tushdi. Ijtimoiy tarmoqlarda "Lukas" deya nom olgan ushbu fransuz filmining treyleri namoyish etila boshlandi. Rejissyorslik kreslosidan Jyulyen Leklerk o‘rin olgan, ssenariy muallifi esa Jeremi Gez.

Kartina quyidagilarni hikoya qiladi: qo‘riqchi Lukas tungi klubda o‘zining 50 yoshligini nishonlayotgan chog‘ida taqdir zarbasiga uchraydi. U umri davomida 8 yoshli qiziga g‘amxo‘rlik qilayotgandi. Navbatdagi tortishuvlardan birida Lukas nazoratni yo‘qotib, mijozga zarar yetkazib qo‘yadi va uni qamoqxonaga jo‘natishadi, qizi esa ijtimoiy himoya vakillari qo‘liga o‘tadi.

Kunlarning birida Interpol Lukasga ajoyib taklif bildiradi – u belgiyada faoliyat yuritadigan bir jinoyat boshlig‘ini tutib berishi kerak edi. Lukasda boshqa chora qolmaydi, chunki bu ishni qilmasa, qiziga boshqa g‘amxo‘rlik qila olmaydi...

 

Kiritildi: 15:09 29.05.2018. O'qildi: 1486 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik