Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Jamshid Kenjayevni o‘ldirganlar uning oilasiga qancha pul to‘lashi ma’lum bo‘ldi

Jamshid Kenjayevni o‘ldirganlar uning oilasiga qancha pul to‘lashi ma’lum bo‘ldi

Xabaringiz bor 2018 yil 8 avgustdan 9 avgustga o‘tar kechasi poytaxtdagi tunggi klublarning birida erkin kurash bo‘yicha xalqaro toifadagi sport ustasi 25 yoshli Jamshid Kenjayev o‘ldirilgan edi.

"Kun.uz"ning ma’lum qilishicha, uning o‘limida bevosita aybdorlar Kenjayevning oilasiga yetkazilgan ma’naviy zarar uchun pul to‘laydi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudida ushbu masala ko‘rib chiqildi. Sudning 2020 yil 17 yanvardagi hal qiluv qaroriga ko‘ra javobgar Shodali G‘ulomjonovich Qilichov marhum Kenjayevning ayoli va otasiga 250 mln. so‘m, javobgarlar Alijon Xamrayev, Jahongir Yorqulov va Saidazim Kamoldinovlar 50 mln so‘m kompensasiya to‘laydi.

Shuningdek, javobgar Shodali Qilichov Kenjayevning 2018 yil 27 fevralda tug‘ilgan Aisha ismli farzandiga u 18 yoshga to‘lgunga qadar har oy BHMning 5 barobarining 1/3 qismi, tahminan 372 ming so‘m to‘laydi.

Sud qarori shu yil 7 fevralda kuchga kirgan va ijrosini ta’minlash uchun MIBga jo‘natilgan.

Kiritildi: 10:37 19.02.2020. O'qildi: 6205 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!