Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Jahonning kuchli yuzligiga kiruvchi kompaniya O‘zbekistonda rasman ish boshladi

Jahonning kuchli yuzligiga kiruvchi kompaniya O‘zbekistonda rasman ish boshladi

Honeywell kompaniyasi bugun O‘zbekistonda o‘zining yangilangan trening markazini ochganligi haqida rasman e’lon qildi. Ushbu markaz yordamida hududiy buyurtmachilar sanoat texnologiyalaridan foydalanish hamda jarayonlarni avtomatlashtirish uchun jahon toifasidagi uskunalarda o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Honeywell kompaniyasining Toshkent shahridagi ofisidagi amaldagi trening markazi Honeywell ning Experion® Orion konsolini namoyish etish uchun takomillashtirildi. Ushbu tizim sohaning bo‘lajak mutaxassislarni o‘qitishga yo‘naltirilgan Markaziy Osiyodagi ilk tizimlardan biri bo‘ldi. Yangilangan markaz ochilishi marosimida Honeywell kompaniyasining yuqori o‘sish sur’atlariga ega hududlar bo‘yicha prezidenti Sheyn Tedjarati, Honeywell kompaniyasining Turkiya va Markaziy Osiyodagi prezidenti Frans van Dyorsen, shuningdek Honeywellning hamkor va buyurtmachi kompaniyalari rahbarlari ishtirok etdilar.

Neftni kompleksli qayta ishlash va qayta ishlash zavodlari uchun ishlab chiqilgan Experion® Orion konsoli ma’lumotni maksimal tarzda aniq aks ettirish imkoniga ega ilg‘or texnologiyalarni o‘zida mujassam etgan. Ushbu texnologiya bugungi kunda kelajak dispetcherlik tizimini yaratish imkonini beradi. U zamonaviy, mobil va ulangan stansiya operatorlari uchun korxonadagi jarayonlar va operasiyalarning yagona ko‘rinishini ta’minlab berib, operatorning toliqishini kamaytirgan hamda korxonaning barcha ob’ektlaridagi operasiyalar haqida holatga oid xabardorlikni yaxshilaydi. Bu esa boshqarish tizimidan foydalanishni osonlashtiradi.

“Honeywell O‘zbekistonda avtomatlashtirish, neft kimyosi, xavfsizlik, unumdorlik va energiya samaradorligi yo‘nalishlarida 20 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Yangilangan texnologik markaz – biz tomondan mamlakatda amalga oshirilayotgan mahalliylashtirish va raqamlashtirishni qo‘llab-quvvatlash borasida navbatdagi qadamdir, – deb ta’kidladi van Dyorsen. O‘zbekistondagi keng ko‘lamli o‘qitish dasturi yordamida biz tezkor va samarali ravishda buyurtmachilarimizga mahalliy xususiyatlarni hisobga olgan holda, rivojlanishga va uskunadan foydalanish bo‘yicha o‘sib boruvchi talablarga muvofiq kelishga yordam beramiz”.

Oltin Yo’l GTL kompaniyasining 112 nafar xodimlari yangilangan markazning birinchi foydalanuvchilari bo‘ladilar. Operatorlar yangi tizim imkoniyatlarini o‘rganadilar, normativ talablarga muvofiqlikni saqlab qoladilar, shuningdek ishlab chiqarishda bekor turib qolish vaqtini kamaytirish uchun Honeywell tizimlari bilan ishlashni o‘rganadilar.

“Honeywell Experion Orion konsoli kabi ilg‘or texnologiyalardan mahalliy tarzda foydalanish imkoni muhandislarimiz uchun bebaho tajriba, - deydi Oltin Yo’l GTL bosh direktori Fahriddin Abdurasulov. - Bizning faoliyatimiz unumdorlik, xavfsizlik va ishonchlilikning yuqori standartlariga asoslangan. Jahondagi eng mukammal tizimlari asosida ta’lim olgach, ular barcha jarayonlarning va tizim imkoniyatlarini aniqlay oladilar, shuningdek ular ushbu ko‘nikmalardan haqiqiy muhitda, o‘qish va joylardan sinovdan o‘tish zaruratisiz foydalana oladilar. Ushbu holat biz va buyurtmachilarimiz faoliyatida yanada yuqoriroq natijalarga erishish imkonini beradi”.

Experion Orion Technology Center ta’lim markazi boshqa texnologiyalarni ham qamrab olib, ular buyurtmachilarga faoliyatida foydalilik va samaradorlikni oshirishga yordam beradi. Ular orasida Honeywell ning Experion® Process Knowledge System (PKS) tizimi o‘rin olgan bo‘lib, ushbu tizim insonlarni yanada xavfsiz, ishonchli va samarali ishlashi uchun yagona avtomatlashtirish tizimi orqali korxonadagi texnologik jarayonlar va aktivlar, shuningdek biznes axborotlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ulaydi.

Trening markazining ochilish kunida kompaniyaning Honeywell Technology Day deb nomlangan anjumani bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Honeywellning neft va ximiya, neftni qayta ishlash, aeroportlar, xavfsizlik va sanoatni avtomatlashtirish, binolar va inshootlar to‘liq faoliyati va xavfsizligini boshqarish va nazorat qilish, yong‘inga qarshi signalizasiya tizimini joriy etish, hamda ish jarayonining samardorligini oshirish uchun axborot to‘plash yechimlari bilan shug‘ullanuvchi hamkor va buyurtmachilar ishtirok etdilar.

Honeywell kompaniyasi O‘zbekistonda “Kimyoavtomatika” MCHJ kompaniyasi bilan hamkorlikda qo‘shma korxona sifatida 1998 yildan buyon faoliyat olib bormoqda. 2010 yilda “Kimyoavtomatika” Honeywell ning Global injiniring markazi unvoniga sazovor bo‘ldi (Global Engineering Services, qisq. GES) va Honeywell ning butun jahon bo‘yicha ishlovchi to‘rtta o‘xshash markazlaridan biri hisoblanadi. Honeywell GES Uzbekistan O‘zbekiston hamda MDH, Yaqin Sharq va Afrikaning boshqa davlatlaridagi buyurtmachilarni loyihalashtirish, injiniring va dasturiy-texnik majmualariga servis xizmat ko‘rsatish, sanoat uchun yechimlar sohasida qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, Honeywell texnik ta’lim sohasida O‘zbekistondagi universitetlar bilan hamkorlik qilib, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti (TDTU) bilan tuzilgan uzoq muddatli bitim shular jumlasidandir.

2019 yilning boshida Honeywell O‘zbekistonlik muhandislarning kelajak avlodini o‘quv dasturi doirasida Honeywell ning eng yangi texnologiyalari bilan ta’minlash maqsadida TDTUdagi o‘zining o‘quv markazini takomillashtirdi. Bu hududdagi sanoat sektori uchun yuqori malakali xodimlarni tayyorlashda Honeywell ishtirokining yana bir misolidir.

Honeywell korporasiyasi (www.honeywell.com) sanoat texnologiyalarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi va Fortune jurnali tomonidan tuziladigan jahondagi 100 ta yetkachi kompaniyalar ro‘yxatiga kiradi. Korporasiya butun jahon bo‘ylab buyurtmachilarga xizmat ko‘rsatadi hamda aerokoinot texnikasi, maxsus materiallar, shuningdek sanoat korxonalari va binolar uchun boshqaruv tizimlarini ishlab chiqarish kabi tarmoqlarda mahsulotlar taklif etadi va xizmatlar ko‘rsatadi.

Manba: terabayt.uz

Kiritildi: 08:00 28.06.2019. O'qildi: 1819 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!