Bugun 26 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Jahonning eng qimmat brendlari nomi e’lon qilindi

A A A
Jahonning eng qimmat brendlari nomi e’lon qilindi

Google va Apple qiymati 300 mlrd dollardan ortiqroqqa baholanuvchi brendlarga aylandi. Bu haqda Kantar Millward Brownmarketing agentligi tomonidan tuzilgan BrandZ eng qimmat brendlar reytingida ma’lum bo‘ldi.

O‘gan yilgi kabi bu yil ham ro‘yxatning birinchi o‘rnini Google band etdi. Brend 302,1 mlrd dollarga baholangan. Qiymati 300,6 mlrd dollar deb baholangan Apple ikkinchi o‘rinda. Yuqori uchlikni qiymati 207,6 mlrd dollarga yetgan Amazon egallagan.

Reytingga ilk bor Amerikaning Charter Communications kompaniyasining Spectrum brendi (27-o‘rin, 39,4 mlrd), Xitoyning JD.com onlayn riteyleri (59-o‘rin, 20,9 mlrd), Uber (81-o‘rin, 16 mlrd), HP (89-o‘rin, 14,8 mlrd), Xitoyning SF Express logistika operatori (90-o‘rin, 14,5 mlrd), Instagram (91-o‘rin, 14,5 mlrd), Indoneziya BCA xususiy banki (99-o‘rin, 12,7 mlrd) va Adidas (100-o‘rin, 12,5 mlrd) kiritildi.

Caption

Reytingni tayyorlash uchun Kantar Millward Brown mutaxassislari butun dunyo bo‘yicha 120 mingga yaqin brend haqida 3,6 mln iste’molchining fikrini hamda brend egalari bo‘lgan kompaniyalarning moliyaviy ko‘rsatkichlarini o‘rganib chiqqan.

Kun.uz

Kiritildi: 11:57 10.07.2018. O'qildi: 2797 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik