Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkent shahar hokimi lavozimiga bir ovozdan tasdiqlandi

Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkent shahar hokimi lavozimiga bir ovozdan tasdiqlandi

Toshkent shahar hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelgan Jahongir Ortiqxo‘jayev ushbu lavozimga qayta tasdiqlandi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Sessiyada ishtirok etgan bosh vazir Abdulla Aripov Prezident tomonidan Toshkent shahar hokimi lavozimiga 48-Tinchlik saylov okrugidan saylangan deputat Jahongir Ortiqxo‘jayevning nomzodini xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi sessiyasida tasdiqlash to‘g‘risida taqdimnomani o‘qib eshittirgani haqida avval xabar berilgan edi.

«Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi qonunning 2-moddasiga muvofiq, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi tomonidan «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Toshkent shahar hokimi lavozimiga taqdim etilgan nomzodini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qaror bir ovozdan ma’qullangan.

Hokimlik matbuot xizmatining qo‘shimcha qilishicha, sessiyada reglamentga muvofiq «Xalq deputatlari Toshkent shahar va tuman Kengashlari deputatlari Qo‘shma majlisi Maslahat Kengashi azoligiga nomzodni tavsiya etish to‘g‘risida»gi masala ham ko‘rib chiqilgan va xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining qarori bilan taklif etilgan nomzodlar tasdiqlangan.

Kiritildi: 12:35 13.01.2020. O'qildi: 2572 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!