Bugun 3 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti holdan toyish va o‘yinga ruju qo‘yishni kasalliklar ro‘yxatiga kiritdi

A A A
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti holdan toyish va o‘yinga ruju qo‘yishni kasalliklar ro‘yxatiga kiritdi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti kompyuter o‘yiniga ruju qo‘yish va ko‘p ishlab holdan toyishni rasman kasallik deb tan oldi. Ular endi Kasalliklar xalqaro tasnifi ro‘yxatiga kiritildi. Hujjat 2022 yilning yanvaridan kuchga kiradi.

Video va kompyuter o‘yinlariga mubtalo bo‘lish endi rasman ruhiy buzilish hisoblanadi.

Bu kasallikka tashxis qo‘yilishi uchun bir yil davomida odamda uning oilaviy, ijtimoiy, ta’lim va kasbiy hayotiga ta’sir qiluvchi xastalik belgilari kuzatilishi kerak.

Shuningdek ishlab holdan toyish endi kasallik deb hisoblanadi. Ilgari unga xastalikning sababi deb qaralar edi. Endi holdan toyishga sabab bo‘ladigan ish yoki muhit kasallikka sharoit yaratuvchi muhit hisoblanadi va bartaraf etilishi lozim bo‘ladi.

Bu nega muhim: endi Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga a’zo davlatlar mehnatni muhofaza qilishga oid qonun hujjatlarini JSST talablariga muvofiqlashtirishlari va ushbu kasalliklarning oldini olish choralarini ko‘rishlari shart.

Kompyuter o‘yinlari sanoati vakillari o‘yinga ruju qo‘yish kasallik sifatida tan olinishiga qarshi chiqishgan, uni kasallik deb tan olish uchun yetarli asos yo‘qligini aytishgan edi. Ammo Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasining 72-sessiyasida u ro‘yxatga kiritildi.

Manba: minbar.uz

Kiritildi: 06:45 28.05.2019. O'qildi: 1585 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!