Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Oybek Qosimov, qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari, O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov futbol yulduzlariga o‘zbek sportining shonli tarixi, Olimpiya o‘yinlarida erishgan natijalar va "Parij-2024" yozgi Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik haqida so‘zlab berdi.
O‘z navbatida, dunyoga dong‘i ketgan futbolchilar mamlakatimizda sportga, xususan futbolga berilayotgan e’tibor, iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarga yuqori baho berdi.
Mehmonlar Milliy olimpiya qo‘mitasining tashrif kitobiga samimiy dil izhorlarini bitdi.