Jahon bankiga ko‘ra, O‘zbekistondagi demografik o‘zgarishlar va qariyalar sonining ko‘payishi pensiya tizimiga bosim ko‘rsatmoqda.
«2025 yildan pensiya yoshini sekin 65 yoshgacha oshirishni nazarda tutuvchi 2021-2030 yillarga mo‘ljallangan Milliy ijtimoiy himoya strategiyasi doirasida qaror qabul qilish eng yaxshi variant bo‘ladi. Kelgusida bu demografik o‘zgarishlar bosimini kamaytirib, mehnatga layoqatli va pensiya yoshi o‘rtasidagi chegarani asta-sekin o‘zgartiradi. Ishchi kuchining demografik o‘sish salohiyati tugagunga qadar (2040 yillarning o‘rtalarida) buni amalga oshirish uchun mamlakatda vaqt bo‘lishi juda muhim, chunki bu milliy raqobatbardoshlik masalasidir», deyiladi Jahon banki hisobotida.
Hozirgi pensiya yoshi (55-60) sobiq ittifoq mamlakatlari ichida faqat O‘zbekistonda ekani aytilmoqda.